00:09 / 11.05.2018
4 072

Peterburgda sotuvchilik qilgan o‘zbekistonlik ayol mahsulotlarni puli yo‘qlarga tekinga bergan

Peterburgda sotuvchilik qilgan o‘zbekistonlik ayol mahsulotlarni puli yo‘qlarga tekinga bergan
Peterburgdagi "Pyaterochka" magazinida ishlagan o‘zbekistonlik ayol kamomadda gumon qilinmoqda — u magazindagi mahsulotlarni tekinga tarqatgan va bir qismini o‘z maqsadi uchun ishlatgan. Bu haqda "Nevskiye novosti" portali xabariga tayanib Sof.uz nashri xabar berdi.

Budapesht ko‘chasidagi savdo nuqtasi rahbariyati huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilib, ayol qarindoshlariga magazindagi mahsulotlarni berib yuborganligini bildirgan.

Voqea joyiga kelgan uchastka noziri gumonlanuvchi — 42 yoshli Zera B.dan tushuntirish xati olgan.

Ayolning tushuntirish berishicha, u mahsulotlarni qarindoshlariga emas, notanish insonlarga rahmi kelganidan berib yuborgan. Kassir ayol 15 apreldan 30 aprelgacha narsa sotib olishga puli yo‘q qariyalarga mahsulotlarni kassadan o‘tkazmasdan shundog‘icha tekinga berib kelgan.

U shuningdek, ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘zi ham foydalanganini bildirgan.

Magazinda hozirda zarar miqdorini aniqlash uchun inventarizatsiya o‘tkazilmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda sotuvchilik qilgan o‘zbekistonlik ayol mahsulotlarni puli yo‘qlarga tekinga bergan