00:12 / 12.05.2018
4 270

Domodedovo aeroportida o‘zbekistonlik qizdan million rubllik taqinchoqlarni olib qo‘ydi

Domodedovo aeroportida o‘zbekistonlik qizdan million rubllik taqinchoqlarni olib qo‘ydi
Domodedovo bojxonasi xodimlari Dubaydan uchib kelgan 24 yoshli o‘zbekistonlik qizdan qiymati bir million rubldan ortiq turuvchi zargarlik buyumlarini musodara qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Qiz yashil yo‘lakda to‘xtatilgan. Uning qo‘l yuki ichida Cartier uzugi va bilaguzugi hamda sirg‘alar bo‘lgan.

«O‘zbekiston fuqarosi bu taqinchoqlarni unga dam olayotib tanishib qolgan bir yigit sovg‘a qilganini bildirdi. Uning aytishicha, taqinchoqlarning narxini bilmaydi, ularning hujjati ham yo‘q bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Ekspertlarning aniqlashlaricha, zargarlik buyumlari 750-probali oq oltindan tayyorlangan bo‘lib, brilliantlar o‘rnatilgan. Ularning qiymati ichki bozorda bir million 71 ming rublni tashkil etadi.

Taqinchoqlar musodara qilindi, qizga buyumlarni deklaratsiyadan o‘tkazmaganligi uchun katta miqdorda jarima solinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Domodedovo aeroportida o‘zbekistonlik qizdan million rubllik taqinchoqlarni olib qo‘ydi