Niderlandiya poytaxti Amsterdamning “Ko‘k masjid”ida Xolokost qirg‘inida omon qolgan zodagon yahudiy Islom dinini qabul qildi.
Masjidning Feysbukdagi sahifasiga 87 yashar Sal van Kouverden ismli yahudiy kalimai shahodatni aytib Islom dinini qabul qilayotgani aks etgan videolavha joylashtirilgan.
Bu voqea Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lganlar yod etiladigan “Xotira kuni”da, ya’ni, 4 may kuni sodir bo‘lgan.
Imkoniyati cheklanganlar aravachasida o‘tirgan keksa yahudiy masjid imomi Yassin Elforkani ortidan arab tilida kalimai shahodatni qaytarib Islom dinini qabul qilgan.
Shundan so‘ng imom “Islom diniga xush kelibsiz, birodar”, - deya musulmonlar libosini kiyib olgan Sal van Kouverdenni bag‘riga bosgan.
Izrayel neshnal nyus nashri muxbiri Kouverden yolg‘iz qolganligi sababli Islom dinini qabul qilgan bo‘lishi mumkinligini iddao qilib voqea yuzasidan shubha birdirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi