14:02 / 14.05.2018
3 898

QR prezidenti Sochida YeOIK doirasida Putin bilan uchrashadi

QR prezidenti Sochida YeOIK doirasida Putin bilan uchrashadi
Prezident Sooronbay Jeenbekov 14 may kuni Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo Iqtisodiy Oliy Kengashi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari apparati xabariga tayanib Tnews.uz sayti yozmoqda.

Majlisda respublikaning ittifoq doirasidagi faoliyatiga bag‘ishlangan “Qirg‘iz Respublikasi: Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida ikki yil. Ilk natijalar” mavzuida Hisobot taqdim qilinadi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek Yevroosiy xududida integratsiya jarayonlari muhokama qilinadi.

Yevroosiyo Iqtisodiy Oliy Kengashiga- Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashiga a’zo mamlakat rahbarlari a’zo bo‘lib kirgan. Kengash davlat rahbarlari darajasida bir yilda kamida bir marta to‘planadi. Qabul qilingan qarorlar a’zo mamlakatlar uchun majburiy sanaladi.

YeOIK beshta mamlakat: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi. Qirg‘iziston tashkilotga 2015 yilning 12 avgust kuni qo‘shilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » QR prezidenti Sochida YeOIK doirasida Putin bilan uchrashadi