20:55 / 14.05.2018
3 432

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini yoritish uchun Vashingtonda matbuot markazi tashkil etildi (video)

Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini yoritish uchun Vashingtonda matbuot markazi tashkil etildi (video)
Foto: «Facebook» / Komil Allamjonov
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati AQShning Vashington shahrida matbuot markazi tashkil etdi. Bu haqda Komil Allamjonov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Bu markaz Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifini keng va tezkor yoritishda jurnalistlarga ko‘maklashadi. Bu yerda zarur ma’lumotlar tarqatilib, tashrif natijalari bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazib boriladi», deya xabar bermoqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifi rasmiy xeshtegi #UzbUSA2018 qabul qilingan. «O‘z fikr-mulohazalaringizni ushbu xeshteg orqali yozib qoldirishingiz mumkin. Odatdagidek, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar Matbuot xizmati tomonidan doimiy ravishda monitoring qilinadi», deydi Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari AQShda bo‘ladi. Bu uning ushbu mamlakatga ilk rasmiy tashrifi hisoblanadi.
#UzbUSA2018

Президент Матбуот хизмати Вашингтон шаҳрида матбуот маркази ташкил этди. Бу марказ Президент Шавкат Мирзиёевнинг АҚШга расмий ташрифини кенг ва тезкор ёритишда журналистларга кўмаклашади. Бу ерда зарур маълумотлар тарқатилиб, ташриф натижалари бўйича матбуот анжуманлари ўтказиб борилади. Президент ташрифининг расмий хештеги #UzbUSA2018 қабул қилинди. Ўз фикр-мулоҳазаларингизни ушбу хештег орқали ёзиб қолдиришингиз мумкин. Одатдагидек, ижтимоий тармоқлардаги хабарлар Матбуот хизмати томонидан доимий равишда мониторинг қилинади. _________ Пресс-службой Президента создан пресс-центр в Вашингтоне. Данный центр будет содействовать всестороннему и своевременному освещению официального визита в США Президента Шавката Мирзиёева. Здесь будет доступна необходимая информация, также будут проводится пресс-конференции по итогам визита. Принят официальный хештег визита #UzbUSA2018. Вы можете оставлять свои комментарии используя данный хештег. Как обычно, пресс-службой будет проводиться мониторинг всех сообщений в социальных сетях.

Опубликовано Комилом Алламжоновым 12 мая 2018 г.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini yoritish uchun Vashingtonda matbuot markazi tashkil etildi (video)