13:17 / 16.05.2018
7 083

Inqiroz sababli turkmanistonliklar tilla taqinchoqlarini sotishga majbur bo‘lmoqda

Inqiroz sababli turkmanistonliklar tilla taqinchoqlarini sotishga majbur bo‘lmoqda
Turkmanistonda pul yetishmasligi tufayli odamlar o‘zlarining tilla taqinchoqlarini sota boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bozorlarda sovet davridagi ko‘plab tilla taqinchoqlar paydo bo‘lgan. Bu tilla taqinchoqlar o‘tgan asrning 80-yillari va undan avvalgi davrlarga oiddir.

Turkmanistonda garovxonalar (lombardlar) yo‘q. Aholidan tilla ashyolarni savdogarlarning o‘zlari sotib oladi. Mahalliy aholiga ko‘ra, asosan Rossiyaning 585 va 583 probali tillalariga qiziqish katta bo‘lmoqda.

Aytishilishicha, Turkmanistonda tillaning narxi ko‘tarilib ketdi. Xususiy shaxslardan bir gramm oltin ayni damda 200 manatdan (taqriban 57 AQSh dollari) sotib olinmoqda.

So‘nggi oylarda Turkmaniston xorijida ham mamlakat vatandoshlari ishtirokida oltin kontrabandasi bilan bog‘liq hodisalar qayd qilinmoqda. Avvalroq Hindistonning Indira Gandi aeroportida bojxonachilar tomonidan 19 kilogramm oltinni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tishga uringan 28 nafar turkmanistonlik (22 nafari ayol) ushlangani to‘g‘risida xabar tarqatilgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Inqiroz sababli turkmanistonliklar tilla taqinchoqlarini sotishga majbur bo‘lmoqda