15:26 / 17.05.2018
5 672

“It deb boqqanim ayiq bo‘lib chiqdi” (video)

“It deb boqqanim ayiq bo‘lib chiqdi” (video)
Xitoy janubi Yilyan okrugidagi qishloqlik bir kishi ikki yil davomida it deb o‘ylab ayiqni parvarishladi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Su Mu yo‘l chetida o‘tirgan sotuvchidan kuchukcha sotib oladi. Sotuvchi kuchukchaning Tibet mastifi (it zoti) ekanini aytadi.

Oradan ikki yil o‘tgach esa Su kuchukning it emas, ayiq ekaniga guvoh bo‘ladi.

Avvalboshda Su Mu jonivorning vovullamayotganiga, dumini likillatmayotganiga, umuman o‘zini itday tutmayotganiga e’tibor bermaydi. Bor haqiqat jonivor katta bo‘lgach ma’lum bo‘ldi – jonivor itdan ko‘ra ayiqqa o‘xshab boraverdi.

Su Muning oilasi ayiqni mevalar (jonivor, ayniqsa, tarvuzni yaxshi ko‘rar ekan), sho‘rva va ugra bilan boqadi.

Vaqti kelib, jonivor bilan ayriladigan payt keladi. Uni yo ozodlikka qo‘yib yuborish, yo hayvonot bog‘iga topshirish kerak edi.
Alal-oqibat, Su ayiqni mahalliy hayvonot bog‘iga topshirishga qaror qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “It deb boqqanim ayiq bo‘lib chiqdi” (video)