12:56 / 19.05.2018
4 309

Kubada «Boeing 737» yo‘lovchi tashuvchi samolyot qulab tushdi

Kubada «Boeing 737» yo‘lovchi tashuvchi samolyot qulab tushdi
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Kubaning Xose Marti nomidagi xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan «Boying-737» yo‘lovchi tashuvchi samolyot oradan ikki-uch daqiqa o‘tar-o‘tmas, o‘rmonga qulab tushgan. Samolyot bortida ekipaj bilan qo‘shib hisoblaganda, 110 kishi bo‘lgan. Shularning atigi uch nafarigina tirik qoldi. Ammo bir kishi kasalxonada vafot etdi. Tirik qolgan ikki yo‘lovchi ham o‘ta og‘ir ahvolda deya baholandi. Samolyot bortidagi yo‘lovchilarning barchasi xorij mamlakatlar fuqarolari ekani ta’kidlab o‘tildi.

Aytishlaricha, qulab tushgan Boing Meksikaga tegishli bo‘lgan. U qulab tushgandanoq kuchli yong‘in yuzaga kelgan. Fojia yuz bergan joyga tez fursatda qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar brigadalari, politsiyachi va tibbiyot vakillari yetib kelishgan.

Kuba hukumati samolyot qulab tushish hodisasini rasman tan oldi. Bu yerda Kuba davlat va vazirlar kengashi raisi Migel Dias-Kanel hozir bo‘ldi.

Ayni paytda dunyodagi ko‘plab mamlakatlar rahbarlari Kuba xalqiga ta’ziya izhor etib, har qanday turdagi yordamga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kubada «Boeing 737» yo‘lovchi tashuvchi samolyot qulab tushdi