19:54 / 20.05.2018
3 191

Eronda 720 kishi qo‘ziqorindan zaharlandi...

Eronda 720 kishi qo‘ziqorindan zaharlandi...
Rasmiy ma’lumotlarda aytiladiki, 720 kishining 60 nafari vrachlar tarafidan o‘ta og‘ir ahvolda deya baholangan. O‘n kishi kasalxonada vafot etgan. Bir necha o‘nlab fuqarolarning jigarini zudlik bilan almashtirish zarurati tug‘ilgan.

Eron avariyaviy xizmat vakili Mojtabiu Xolidiyning gapiga ko‘ra, qo‘ziqorindan zaharlangan 720 kishi Karmanshoh, Kurdiston, Luriston, Zenjon, G‘arbiy Ozarbayjon va Kazvin viloyatlarida istiqomat qilishadi.

Mahalliy olimlar ahvolni o‘rganib chiqish doirasida qo‘ziqorinning zaharlisi va tozasi ta’m hamda tashqi ko‘rinishi bo‘yicha bir-biridan umuman farq qilmasligini bayon etishdi. Zaharli va zaharsiz qo‘ziqorinni faqat laboratoriya sharoitidagina bir-biridan farqlash mumkin ekan. Qolaversa, qo‘ziqorinni pishirib yoki tuzlab, shundoqligicha sotadiganlar sanepidemiya stansiyasi vakillariga murojaat etib, mahsulotni obdon tekshirtirib ko‘rishlari lozim edi. Hoynahoy, ular o‘ta loqayd, mas’uliyatsiz odamlar bo‘lishsa kerak. Afsuski, yuzlab begunohlar xuddi shularning kasriga qoldi-da!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda 720 kishi qo‘ziqorindan zaharlandi...