Foto: «DPA»
«Focus.de»ning yozishicha, Quyi Saksoniyaning Lyuxov shahrida yangi masjid bor. Bu yerga juma namoziga keluvchi ko‘plab musulmonlar orasida 19 yoshli Maks Klaynni ham uchratasiz.
Nemis millatiga mansubligi yuz-ko‘zidan bilinib turgan Maks ikki yil oldin, 17 yoshida islomni qabul qilgan. Bu voqea u Vendlanddagi qochoqlar lagerida ko‘ngilli bo‘lib ishlayotganida yuz bergan. «Allohning o‘zi seni bizga yordamga yubordi», — livanlik ayol inglizchalab aytgan shu bir og‘iz jumla Maksning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Va u nima bo‘lishidan qat’i nazar islomni qabul qilishga ahd qildi.
Maks doim boshqalardan ajralib turganiga iqror bo‘ladi. U tish do‘xtiri yordamchisi. Maksning aytishicha, xo‘jayin assistent-musulmonga qarshi emas. Faqat Ramazon oyi bo‘lgani uchun biroz tashvishda.
Yosh nemisni islomga nima undadi? Maks buni aniq tushuntirib berolmaydi. Balki qochoqlarda ko‘rgani — Xudoga so‘zsiz ishonish va sodiqlikdir? Qochoqlar lagerida unga Yafer degan nom berishdi, bu yordamchi degani.
«Menga o‘xshaganlarni ko‘pincha terrorchi deb hisoblashadi. Ammo, bu xato. Aslida odamlarga xayrixohlik va ko‘mak berish islomning asosiy qoidalaridan biri», — deydi Maks.
O‘g‘lining qarori, albatta, ota-onasi uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Ammo endi uni tushunishadi.
«Musulmon bo‘lish niyatimni eshitib do‘stlarim yuz o‘girdi, ammo men yangilarini topdim», — deydi Maks.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi