08:03 / 29.05.2018
4 106

Makron bolani qutqargan muhojirga Fransiya fuqaroligini taqdim etdi

Makron bolani qutqargan muhojirga Fransiya fuqaroligini taqdim etdi
Ko‘p qavatli uyning balkonida osilib qolgan bolani qutqargan, Parijda hujjatsiz yashab kelgan malilik muhojir Mamudu Gassama yong‘in xavfsizligi xizmatiga ishga kiradi va unga Fransiya fuqaroligi beriladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida muhojir yigit bilan uchrashganidan so‘ng Twitter sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Daryo».

Makron qahramonlik ko‘rsatgan yigitni Parij yong‘in xavfsizligi va qutqarish xizmatlari o‘z safiga qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. «Men unga naturalizatsiyaga (fuqarolik olishga) hujjat topshirishni taklif qildim. Zero, Fransiya — bu iroda, janob Gassama esa o‘zining irodali ekanini isbotladi!»​ — dedi prezident.

Mamudu Gassama Parijda hech qanday hujjatlarsiz yashab kelgan. Sodir etgan qahramonligidan keyin Fransiyada Gassamaga fuqarolik berish haqida onlayn-petitsiya e’lon qilingan.

France 24 kanalining ma’lum qilishicha, balkonda osilib qolgan bolani qarovsiz qoldirgan ota-onaga nisbatan ish ochilgan. Ular 2 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki 30 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Tergov ishlari yakuniga yetgunga qadar bola davlat qaramog‘ida bo‘ladi.

Avvalroq Gassamaning bolani qutqargani aks etgan video e’lon qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron bolani qutqargan muhojirga Fransiya fuqaroligini taqdim etdi