18:55 / 29.05.2018
3 979

Roman Abramovich Isroil pasportini oldi

Roman Abramovich Isroil pasportini oldi
Rossiyalik biznesmen Roman Abramovich Tel-Avivga uchib keldi va Isroil pasportini oldi. Bu haqda mahalliy “Uay-Net” internet nashri xabar berdi, deya yozmoqda “Xabar” nashri.

Milliarder fuqarolikni rasmiylashtirganidan so‘ng darhol Isroilni tark etgan.

Abramovich kelib chiqishi yahudiy bo‘lganligi uchun Isroil fuqaroligini qabul qilishga haqli hisoblanadi.

Isroil fuqaroligi Abramovichga Buyuk Britaniya kabi o‘ndan ortiq davlatga vizasiz kirish imkonini beradi. Shuningdek, “repatriant” maqomi esa unga mamlakatda 10 yilgacha soliqlardan ozod bo‘lish va yangi vatanda o‘rnashib olish uchun yordam olish imkoniyatini taqdim etadi.

Hozircha na Abramovich, na uning yaqinlaridan biror kishi ushbu xabarni izohlagani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Roman Abramovich Isroil pasportini oldi