Dushanbeda talabalar oilasida to‘rt egizak tug‘ildi

  • 29 may 2018, 18:50
  • 3 393
  • Dunyo
  • Dushanbeda talabalar oilasida to‘rt egizak tug‘ildi
    Humoyun, Humayra, Hurriya va Husnizar – talabalar oilasida tug‘ilgan to‘rt egizakka shu nomlar qo‘yildi. Uch qiz va bir o‘g‘il ikki hafta avval Dushanbedagi tug‘ruqxonalardan birida dunyoga keldi, deb yozadi Tnews.uz sayti.

    Chaqaloqlarning onasi – Tojik tibbiyot universitetining 22-yoshli talabasi Zarina Ne’matova. Chaqaloqlarning vazni 1,5 kilogrammdan 2 kilogrammgacha bo‘lib, ularning salomatligini shifokorlar yaxshi deya baholashmoqda.

    Ko‘pbolali ona 28 may kuni bayonot berib, ilk bor ko‘rikdan o‘tganidayoq unga to‘rt nafar farzand ko‘rishi haqida aytishganini ma’lum qildi. “Homiladorligim 7 oy bo‘lgunga qadar darslarga qatnab turdim. Keyin og‘ir bo‘ldi”, -deydi Zarina.

    Ayni damda u farzandlari bilan birgalikda shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Zarina kesarevo usulida farzand ko‘rdi. Ona suti to‘rt egizakning hammasiga yetmaydi, shu sababli chaqaloqlar suniy oziqlantirilmoqda. “Tan olaman, to‘rt egizakni tug‘ish oson bo‘lmadi. Avvaliga qattiq qo‘rqdim, ammo hammasi yaxshi bo‘ldi. Shifokorlar qo‘ldan kelganicha yordam berishdi, men ulardan minnadorman”, — deydi Zarina.

    Uning aytishicha, katta qizi va o‘g‘li juda ham faol, qolgan ikki qizi esa xotirjam. Zarinaning eri Farrux Subxonqulov ham Tojik Tibbiyot universitetinng talabasi, ayni damda poytaxtdagi tez tibbiy yordam stansiyasida internaturani o‘tamoqda. Ularning har ikkisi Boxtardan bo‘lib 2017 yilda turmush qurishgan.

    Yosh oila egizaklarni tarbiyalashda o‘zlariga hukumat yordam berishiga umid qilishmoqda. “Ikkimiz ham talabamiz, poytaxtda ijarada turamiz. Agarda turar joy bilan yordam berishsa yaxshi bo‘lardi. Bizda chaqaloqlarga qarash borasida tajriba yo‘q, bilasiz to‘rt nafar egizak, shu sababli ularga qarash va ona suti kerak”, — deydi Farrux.

    Egizaklarning buvisi Nigina Ubaydulloyevaning aytishicha, oilada Zarina yagona qiz, birdaniga to‘rt nafar egizak nabiraning tug‘ilishi o‘zlari uchun syurpriz bo‘ldi.

    Tojikiston Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya Instituti neonatologiya bo‘limi mudirasi Xayrinniso Rahmonovaning aytishicha, yosh onaning tug‘ishi oson kechmadi, biroq ona va bolalarning ahvoli hozir barqaror.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dushanbeda talabalar oilasida to‘rt egizak tug‘ildi