Vogue jurnalining Saudiya Arabistonda chop etiluvchi iyun oyi nashri muqovasida malika Xayfa bint Abdulla Ol-Saudning avtomobil ruli boshqaruvida aks etgan surati paydo bo‘ldi. Nashr shu tariqa mamlakatdagi ayollarning mashina boshqaruviga taqiqni bekor qilnganini namoyish etdi.
Suratda Xayfa bint Abdulla Ol-Saud qizil kabriolet ruli qarshisida aks etgan, muqovada “Harakatga keltiruvchi kuch” yozuvi tushirilgan. Malika Vogue'ga Saudiya Arabistonida “konservatorlar ko‘pligi”, lekin u baribir o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Jurnal tahririyati saudiyalik ayollar bilan “taqiqlov bekor qilinganini nishonlayotgani”ni qo‘shimcha qilgan.
Foto: Vogue
Ayollarning Vogue tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramay, ko‘pchilik jurnalni iyun oyi nashri uchun tanqid qilishdi. The Guardian'da ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari jurnalda mashina boshqarishga nisbatan taqiqlovning bekor qilinishini talab qilayotgan siyosiy faollarning qo‘lga olingani haqida yozilmaganidan norozi bo‘lishgan. Ba’zilar hatto malikaning yuzini qo‘lga olingan faollar yuziga o‘zgartirishgan.
2017 yilning sentyabrida Saudiya Arabistoni qiroli ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagandi. Biroq haydovchilik guvohnomasini olish uchun ayollar avvalgidek erkaklardan ruxsat olishlariga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?