15:39 / 02.06.2018
4 011

Irkutskdagi savdo markazida yuz bergan portlash videosi paydo bo‘ldi (video)

Irkutskdagi savdo markazida yuz bergan portlash videosi paydo bo‘ldi (video)
YouTube’da Rossiyaning Irkutsk shahridagi «Komsomoll» savdo-ko‘ngilochar markazida yuz bergan portlash videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Kuzatuv kameralari yong‘in yuz bergan vaqtni tasvirga olgan. Unda odamlar yong‘in boshlanganidan keyin qochishni boshlagani ko‘rinadi.

Hodisa «Gravitatsiya» ilmiy-tadqiqot markazida bolalar bayrami vaqtida yuz bergan. U markazning uchinchi qavatida joylashgan edi.

Yong‘in tarkibida spirt bo‘lgan modda sababli yuzaga kelgan, sakkiz nafar bola jarohatlangan. Ular birinchi va ikkinchi darajali kuyish bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tashkilotning tadbirni tashkil qilgan texnik direktori va unda ishtirok etgan xodimlari qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, taqdimot vaqtida suyuq azot, elektr toki va reaktivlardan foydalanilgan. Yonuvchan gaz gorelkaga tushgan va birinchi qatorda o‘tirgan bolalar kuygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Irkutskdagi savdo markazida yuz bergan portlash videosi paydo bo‘ldi (video)