08:56 / 03.06.2018
4 293

AQSh qurolli kuchlari dunyo bo‘yicha qancha inson o‘limiga sabab bo‘lgan?

AQSh qurolli kuchlari dunyo bo‘yicha qancha inson o‘limiga sabab bo‘lgan?
Foto:«Defense News»
AQSh mudofaa vazirligi (Pentagon) ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda AQShning dunyo bo‘yicha olib borgan harbiy operatsiyalari chog‘ida 499 nafar begunoh kishi halok bo‘lgan, 169 kishi yaralangan. Bu haqda «Sabah»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Bunga Iroq va Suriyada IShID, Yamanda «al-Qoida», Afg‘onistonda esa «Tolibon» va IShIDga qarshi o‘tkazilgan harbiy operatsiyalar kiradi.

Tramp Oq uyga kelgan yili AQShning Afg‘oniston, Liviya, Suriya, Yaman va Somalidagi hujumlari soni oshgan.

2016 yili 1337 marta hujum uyushtirilgan Afg‘onistonda 2017 yili bu ko‘rsatkich 4361 taga yetdi. 2016 yili Iroq va Suriyada jami 30743 marta hujum uyushtirilgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 39577 taga ko‘paydi.

Raqamlar to‘g‘rimi?

Pentagonning bu ma’lumotlari boshqa xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga to‘g‘ri kelmaydi.

AQSh boshchiligidagi kaolitsiya kuchlari Suriya va Iroqda 2017 yil fevral hamda 2018 yilning fevral oylari mobaynida uyushtirgan harbiy operatsiyalar asnosida jami 640 nafar begunoh fuqaro halok bo‘lgan. Lekin bu raqamni Pentagon 499 qilib ko‘rsatayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh qurolli kuchlari dunyo bo‘yicha qancha inson o‘limiga sabab bo‘lgan?