08:56 / 04.06.2018
6 813

Qirg‘izistonlik “Dunyo go‘zali” YTHda vafot etdi

Қирғизистонлик “Дунё гўзали” ЙТҲда вафот этди
Miss Universe Beauty 2018 (koinot go‘zali) tanlovining “Eng chiroyli turmushga chiqqan ayol” unvoni sohibi, qirg‘izistonlik Saniya Shakirova YTHda vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Issiq-Ko‘l viloyati IIB xabariga ko‘ra, avariya 2 iyun kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Namba Taxi kompaniyasiga tegishli bo‘lgan avtomobil Issiq-ko‘l yaqinidagi Chok-Tal qishlog‘ida YTHga uchragan. Ravon Nexia rusumli taksi avtomobili ichida uch kishi bo‘lgan.

“YTH 2 iyun soat 21:10 sodir bo‘ldi.Haydovchi boshqaruvni yo‘qotish sababli mashina yo‘l chetiga chiqib ketib Chok-Tal qishlog‘idagi qabriston devoriga borib urilgan. Og‘ir jarohatlardan Shakirova joyida vafot etgan. Avtomobilning ikkinchi yo‘lovchisi va haydovchi kasalxonaga yotqizildi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Saniya Shakirova 30 yoshda edi. Uning uch farzandi bor. Ushbu yilning aprel oyida Shakirova xalqaro Miss Universe Beauty tanlovining “Eng chiroyli turmushga chiqqan ayol” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan edi. Vetnamda bo‘lib o‘tgan tanlovda Rossiya, Turkiya va Fransiyadan 40ga yaqin talabgorlar ishtirok etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonlik “Dunyo go‘zali” YTHda vafot etdi