07:30 / 05.06.2018
4 119

Turkiyalik saylovchilarning necha foizi Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlaydi?

Turkiyalik saylovchilarning necha foizi Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlaydi?
Foto:«The Independent»
Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi oldidan «ORC» ijtimoiy markazi o‘tkazgan so‘rovda yetakchilik qilmoqda. Unga ko‘ra saylovchilarning 53,4 foizi Erdo‘g‘on uchun ovoz berishga tayyor. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Mazkur so‘rovda 3410 kishi qatnashgan.

Turkiyada prezident saylovida Erdo‘g‘ondan tashqari Muharram Inje, Salohiddin Demirtosh, Meral Akshener, Temel Karamollao‘g‘lu va Dog‘u Perinchek kabi nomzodlar ham ishtirok etmoqda.

Erdo‘g‘onning asosiy raqibi Injega esa 23,8 foiz, Akshenerga 11,5 foiz saylovchi ovoz berishga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyalik saylovchilarning necha foizi Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlaydi?