07:27 / 07.06.2018
4 385

Barselonada Shakira va Pikening uyiga o‘g‘rilar tushdi

Barselonada Shakira va Pikening uyiga o‘g‘rilar tushdi
«Barselona» himoyachisi Jerar Pike va taniqli xonanda Shakira o‘g‘rilik qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Marca nashri.

Juftlikning Espluges-de-Lobregatdagi uyiga jinoyatchilar kirib, u yerdan qimmatbaho buyumlar, soatlar va taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan. Ta’kidlanishicha, hodisa davomida o‘g‘rilar uy-joyga hech qanday zarar yetkazishmagan. Juftlik uyda bo‘lmagan, sababi futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan, Shakira esa – Germaniyadagi gastrollarda.

Pike o‘g‘rilik holati bo‘yicha politsiyaga murojaat qildi, huquqni muhofaza qilish organi surishtiruv ishlarini boshlagan.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barselonada Shakira va Pikening uyiga o‘g‘rilar tushdi