Rossiya prezidenti Vladimir Putin an’anaviy har yilgi to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya vaqtida Xudoga ishonishi haqidagi savolga javob qaytardi. Uning fikricha, har bir shaxs qalbida e’tiqod bilan tug‘iladi, biroq ba’zilar buni faqat kutilmagan vaziyatlarga tushib qolgandagina anglaydi.
"Bu juda shaxsiy savol. Bilasizmi, bu haqda hammaning oldida ochiq gapirish bir qadar mushkul. Mening fikrimcha, inson qalbida e’tiqod bilan tug‘iladi. Faqat turli insonlar turli vaqt va turli xil vaziyatlarda buni tushunadi", - degan Putin Xudoga qachondan ishona boshlagani haqidagi savolga javob qaytarib.
"Aytaylik, Ikkinchi jahon urushi vaqtida, hattoki eng ashaddiy xudosizlar ham okopda turib va hujumga yo‘l olganida, ishonchim komilki, ularning har biri Xudo haqida o‘ylagan. Buni kutilmagan vaziyatlarsiz ham tushunadigan insonlar bor. Biroq, inson qandaydir ekstremal vaziyatga tushib qolsa, bu haqda o‘ylashi aniq", - deya hisoblaydi Putin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi