18:25 / 09.06.2018
7 735

Tiriklay ko‘milgan chaqaloq 8 soat yer ostida yotgan, ammo tirik qolgan…

Tiriklay ko‘milgan chaqaloq 8 soat yer ostida yotgan, ammo tirik qolgan…
Bu fojiali manzara Braziliyada namoyon bo‘ldi. Xatolik tufayli tiriklay ko‘mib tashlangan chaqaloq 8 soat yer ostida yotsa-da, o‘lmagan. Umridan bor ekan, yashashdek baxt unga yana nasib etdi…

O‘sha atrofdan ikki politsiyachi o‘tib ketayotgandi. Negadir ularning qulog‘iga chaqaloq ingrashi, yig‘isi eshitilgandek tuyulaverdi. Diqqat bilan quloq tutishsa, tovush yer ostidan kelayotgan ekan. Jonholatda o‘sha joyni kovlay boshlashdi. Taxminan 50 santimetrcha kovlashgach, matoga o‘rab tashlangan qiz chaqaloq yotganiga guvoh bo‘lishdi. Qizaloqning tanasida jarohat izlari ko‘p edi. Shu sababli politsiyachilar chaqaloqni zudlik bilan kasalxonaga olib borishdi. Qizaloq darhol intensiv terapiya bo‘limiga yotqizildi. Vrachlar aytishdiki, u yashab qolarkan.

Ana endi politsiya xodimlari chaqaloqning kimga tegishliligi bilan qiziqishdi. Haqiqat uzoq kutdirmadi. Ma’lum bo‘ldiki, chaqaloqni 15 yashar hali voyaga yetmagan qiz dunyoga keltirgan. O‘zining tan olib aytishicha, dard tutgan vaqt vannaxonada bo‘lgan. Bola tug‘ilgach, boshi bilan vanna ichiga tushgan va yig‘lashdan, tovush berishdan tiyilgan. Shuning uchun qiz farzandini o‘lgan deb o‘ylab, onasining maslahati bilan matoga o‘ragan holda yer ostiga ko‘mib tashlagan.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Johil ona qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tiriklay ko‘milgan chaqaloq 8 soat yer ostida yotgan, ammo tirik qolgan…