21:30 / 10.06.2018
5 323

Qimmatga tushgan huzur-halovat...

Qimmatga tushgan huzur-halovat...
Moskva viloyatida yashovchi 23 yoshli Daniil Glushenko sevgan qizining yuziga kislota sepganligi uchun sud hukmiga ko‘ra 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Aytishlaricha, qiz uni tashlab ketgan. Bu Daniilga juda alam qilgan va natijada jinoyatga qo‘l urgan.

Tergov materialidan:
23 yoshli Daniil Glushenko Anastasiya bilan 2016 yil aprelida internet orqali tanishgan. Dastlab ular do‘stona munosabat yuritgan. Keyinchalik oralarida muhabbat paydo bo‘lgan. Uchrasha boshlashgan. Lekin munosabatlar hadeganda rivojlana qolmagan. Oradan ikki oy o‘tgach, Anastasiya yigitga munosabatlarni to‘xtatishni taklif qilgan. Shundan keyin Daniil qizni ta’qib qila boshlagan. Turli harakatlarni sodir etish bilan qo‘rqitgan. Keyin esa Anastasiyani tinch qo‘yishi uchun ota-onasidan 1 million 350 ming rubl miqdorida pul talab qilgan. Shubhasiz, ota-ona Daniilning taklifini rad etgan. Ana shunda yigit jazavaga tushgan. Qizni uyga qaytish mahali pod’ezd ro‘parasida kutib turgan. Kelishi bilan yuziga kislota sepgan.

Daniilning do‘stlaridan biri u hech qachon qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaganini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, Moskva akademiyasida a’lo baholarga o‘qirdi. Psixoterapevt ro‘yxatida hech qachon turmagan. Demak, ruhan sog‘lom. Faqat Anastasiyaning onasi Daniilnikidagilar bilan iliq munosabatda emasdi. Bu oiladagilar tergovchilarga internet orqali Daniil yuborgan skrinshot ko‘rinishidagi qo‘rqitishlar, ogohlantirishlarni taqdim etishdi.

Sudda Daniil jinoyatini umuman bo‘yniga olmadi. Lekin guvohlar yetarli edi. Guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan sud Daniilni 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e’lon qildi. Jazoni u intizom kuchaytirilgan koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qimmatga tushgan huzur-halovat...