00:05 / 12.06.2018
4 318

Singapurda Trampni tug‘ilgan kuni bilan oldindan tabriklashdi va tort sovg‘a qilishdi

Singapurda Trampni tug‘ilgan kuni bilan oldindan tabriklashdi va tort sovg‘a qilishdi
Foto: «Korrespondent.net»
AQSh prezidenti Donald Tramp Singapurda tug‘ilgan kunini muddatidan oldin — KXDR yetakchisi bilan uchrashuv arafasida nishonlashni boshladi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan Facebook’ka mamlakat bosh vaziri Li Syanlun bilan tushlikdan keyin AQSh prezidenti Donald Trampga tort sovg‘a qilingani aks etgan suratni joylagan.

Singapur TIV rahbari suratga «Tug‘ilgan kunni biroz vaqtli nishonlayapmiz», — deb izoh yozgan. 14 iyunda AQSh prezidenti 72 yoshga to‘ladi.

Suratda Trampdan o‘ng tomonda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo, chap tarafda esda Oq uy apparati rahbari Jon Kelli o‘tiribdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapurda Trampni tug‘ilgan kuni bilan oldindan tabriklashdi va tort sovg‘a qilishdi