10:57 / 16.06.2018
4 270

Tramp Xitoy bilan savdo urushini boshladi

Tramp Xitoy bilan savdo urushini boshladi
AQSh Xitoyning yillik hajmi 50 milliard dollarlik tovarlariga nisbatan 25 foizlik import bojini joriy etdi. Bu haqda 15 iyun, juma kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

«Intellektual mulk va texnologiyalarning o‘g‘irlanishi, shuningdek boshqa adolatsiz savdo harakatlari fonida Qo‘shma Shtatlar Xitoyning 50 milliardlik tovarlariga 25 foizlik import solig‘i joriy etadi. Mazkur tovarlar sanoat jihatidan muhim texnoligiyalarni o‘z ichiga oladi», — deyiladi Tramp bayonotida.

Uning so‘zlariga qaraganda, boj joriy etilayotgan import «Xitoyda ishlab chiqarilgan — 2025» strategik rejasi bilan bog‘liq tovarlarni o‘z ichiga oladi.

Bojlarning joriy etilishi XXR bilan savdo balansini tiklash yo‘lidagi birinchi chora bo‘ladi. Trampning ta’kidlashicha, hozirda unda AQShning ulkan defitsiti kuzatilmoqda.

Amerika yetakchisi XXR savdo cheklovlarining joriy etilishiga javob qaytarsa, AQSh qo‘shimcha import bojlarini joriy etishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Xitoy bilan savdo urushini boshladi