23:27 / 16.06.2018
4 750

Chechenistonda Salohga 100 kilogramlik tort sovg‘a qilishdi (video)

Chechenistonda Salohga 100 kilogramlik tort sovg‘a qilishdi (video)
Chechenistonlik ishqibozlar Misr terma jamoasi futbolchisi Muhammad Salohga tug‘ilgan kuni munosabati bilan 100 kilogramm og‘irlikka ega tort sovg‘a qilishdi. Bu haqda «Kun» nashri xabar bermoqda.

«Jamoa aeroportdan biroz xafa kayfiyatda keldi, biroq mehmonxonaga kirish chog‘ida ularni uch qavatli tort kutib turgandi. Unda tabrik yozuvi va tilla rangdagi butsa bo‘lgan. Saloh va futbolchilar bayramona muhitni ko‘rib, tabassum qila boshlashdi», - deya aytib o‘tgan guvohlardan biri.

Misr terma jamoasi mundialning ilk bahsida Urugvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Misrliklar keyingi bahsni Rossiya termasiga qarshi 19 iyun kuni o‘tkazadi. Bellashuv «Sankt-Peterburg» stadionida bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistonda Salohga 100 kilogramlik tort sovg‘a qilishdi (video)