08:57 / 19.06.2018
4 960

«Yetti yoshdaman, namoz o‘qishni boshlayman» (video)

«Yetti yoshdaman, namoz o‘qishni boshlayman» (video)
Turkiyada yosh bolalarni masjidga, diniy amallarga o‘rgatish uchun tez-tez turli tadbirlar o‘tkaziladi. Xususan, quyidagi tadbir o‘tgan yilning may oyida Qahramonmarash shahrida uyushtirilgan.

“Abdulhamidxon” masjididagi “Yetti yoshdaman, namoz o‘qishni boshlayman” nomli tadbirda imomlik ham, va’z o‘qishu azon aytish ham bolalarning o‘ziga topshirildi. Yuzlab bolalar qatnashgan mazkur tadbir muftiylik, hokimlik va masjid bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir asnosida bolalar haj ibodatini ham o‘rgandi: ehrom bog‘lab, ramziy Ka’bani tavof qildi.

Tadbir yakunida bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.

Етти ёшман. Намоз ўқишни бошлаяпман. * * * @HanafiyUz каналига уланиш учун линкни босинг. https://t.me/joinchat/AAAAAD2nMci2zEd4y0KjlA

Опубликовано Odil Khamidov 16 июня 2017 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Yetti yoshdaman, namoz o‘qishni boshlayman» (video)