09:27 / 21.06.2018
4 879

Xitoyda 120 million yil ilgari yashagan dinozavr izlari topildi (foto)

Xitoyda 120 million yil ilgari yashagan dinozavr izlari topildi (foto)
Xalqaro ekspeditsiya arxeologlari Xitoy sharqidagi toshqotmalarda taxminan 120 million yil ilgari yashagan turli dinozavrlarning izlarini topdi, deb xabar beradi Darakchi nashri.

Qayd etilishicha, xalqaro ekspeditsiyaning xitoylik, avstraliyalik va amerikalik arxeologlari Shandun provinsiyasida bo‘r davrida yashagan 7 turga mansub dinozavrlarning 300 dan ziyod izlariga duch kelgan.

Lin Universiteti qoshidagi geologiya va paleontologiya instituti direktori Van Syaolining ta’kidlashicha, shu vaqtga qadar biron marta ham qadimgi jonzotlar qoldiqlari uchramagan Shandunda dinozavrlar izlarining topilgani olimlarni shoshirib qo‘ydi. Arxeologlar Shandundagi topilmani “g‘aroyib” deb atamoqda. Chunki toshqotmalardagi izlar asosan deynonix ( bo‘r davrining o‘rtalarida, aniqrog‘i 121-98 million yil ilgari yashagan kaltekesaksimon yirtqich dinozavr. Uzunligi 3-3,5 metr, og‘irligi 70 kilogrammgacha bo‘lgan) larga tegishli bo‘lib, olimlar ularni alohida yashagan deb hisoblar edi. Ammo,topilmalar deynonixlarning poda bo‘lib hayot kechirganini ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 120 million yil ilgari yashagan dinozavr izlari topildi (foto)