11:55 / 23.06.2018
4 382

Eng ko‘p qochqin – Turkiyada

Eng ko‘p qochqin – Turkiyada
BMT ma’lumotiga qaraganda, dunyo bo‘yicha 65 milliondan ortiq kishi urushlar, qurolli nizolar, qashshoqlik sabab uylarini tark etgan va qochqinga aylangan.

Eng ko‘p qochqin yashayotgan davlat Turkiya hisoblanadi. Bu yerda 3,6 million suriyalik, 169 ming afg‘onistonlik, 143 ming iroqlik, 35 ming eronlik, qariyb 5 ming somalilik – jami 3,9 million qochqin yashamoqda.

Turkiya bo‘yicha eng ko‘p qochqin yashaydigan shaharlar orasida Istanbul, Shonliurfa, Xatay, Gaziantep, Mersin, Anada va Kilis bor. Birgina Istanbulda qariyb 562 ming suriyalik yashaydi. Kilisning aholisi 136 ming nafar, bu yerga o‘rnashgan suriyalik qochqinlar soni – 131 ming nafar.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng ko‘p qochqin – Turkiyada