09:27 / 25.06.2018
4 120

Turkiyada politsiya saylov byulletenlarini olib ketayotgan mashinani o‘qqa tutdi

Turkiyada politsiya saylov byulletenlarini olib ketayotgan mashinani o‘qqa tutdi
Turkiyaning Shonliurfa viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari bir avtomobilni to‘xtatib, undan to‘rt qopda saylov byulletenlarini topdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Voqea Suruch tumanida ro‘y berdi. Maxsus operatsiya chog‘ida politsiyachilar voqea joyidan qochishga uringan mashinani o‘qqa tutdi. Mashina ichidan ko‘p miqdorda saylov byulletenlari topildi.

Aytilishicha, jinoyatchilar byulletenlarni saylov uchastkalaridan biriga olib borib, ulardan saylov natijalarini soxtalashtirishda foydalanishga uringan.

Uch kishi qo‘lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada politsiya saylov byulletenlarini olib ketayotgan mashinani o‘qqa tutdi