07:02 / 28.06.2018
13 833

Britaniya radiosi: “O‘zbekiston ustimizdan kulmoqda”

Britaniya radiosi: “O‘zbekiston ustimizdan kulmoqda”
Buyuk Britaniyaning ba’zi hududlarida havo harorati 30 darajaga yetgach, Network Rail temiryo‘l kompaniyasi ayrim joylardan o‘tuvchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgiladi, deb yozadi “Xalq so‘zi” nashri.

Bunga sabab sifatida, issiq ob-havoga Britaniya temir yo‘llarining dosh bera olmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Buni isbotlash uchun soha mutaxassislari quyidagi suratni e’lon qilishgan.

Mazkur holat Britaniya radiostansiyalarining birida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Stansiya bilan bog‘langan The Independent nashri muxbiri telefon orqali jumladan quyidagilarni aytib boshlovchining kulgisini keltirdi.

«O‘zbekiston ustimizdan kulyapti. Markaziy Osiyodagi yagona – Toshkent Samarqand yo‘nalishida qatnovchi tezyurar poyezd, havo harorati allaqachon 33 darajaga yetgan bo‘lsada, harakatlanishni davom ettirmoqda.

Saudiya Arabistonida esa Makkadan Madinaga eltuvchi, soatiga 190 chaqirimni bosib o‘tadigan (tezligi taxminan 305 km/s) poyezd uchun temiryo‘l yotqizilyapti. U yerda ham ob-havo Yangi Maldendan ancha issiq», dedi u.

Hozircha Britaniyaning temir yo‘llarida poyezdlarga peshinda tezligini ko‘pi bilan 64 km/soatgacha oshirishga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya radiosi: “O‘zbekiston ustimizdan kulmoqda”