Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Vashington oldida “taslim bo‘lib”, yadroviy kelishuvni qayta ko‘rib chiqish masalasida yon bosishdan bosh tortdi.
“Biz tarixiy milliy buyukligimizni saqlab qolamiz va bu irodali kurashimizda AQSHni tiz cho‘ktiramiz”, deb aytgan Ruhoniy.
Eron prezidenti Tehronga bunga erishishda Donald Tramp yordam berishini, chunki uning siyosati butun dunyoni AQSHga qarshi qilayotganini aytgan.
“Tramp qilayotgan ishlarni hisobga olib, dunyo bundan esankirab, barcha bir-biri bilan birlashayotganini kuzatmoqdamiz. Fikrimcha, Tramp qolgan dunyoni birlashtirib, o‘zini esa yakkalab, ancha yaxshi ish qilmoqda”, deb aytgan Ruhoniy.
Ruhoniy o‘z nutqida iqtisodiy masalalarga ham to‘xtalgan. U ishsizlik bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratib, hukumat ichki bozordagi vaziyatni tartibga solish uchun ko‘proq sa’y-harakatlarni amalga oshirishi kerakligini aytgan.
“Biz butun dunyoga buyukligimiz, erkimiz, mustaqilligimiz, demokratiyamiz, respublika tuzumimiz, dinimiz va madaniyatimizga sodiq holda muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘ta olishimizni ko‘rsatishimiz lozim”, deb aytgan Eron yetakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi