RF prezidenti Vladimir Putin IIV va Mehnat vazirligiga Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida farmoyish berdi. Tegishli farmoyish 26 iyun kuni Kreml saytida e’lon qilindi.
“Ichki ishlar vazirligi Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida zarur choralarni ko‘rsin”, — deyiladi hujjatda.
Farmoyish bajarilishining muddati 2018 yilning 31 avgustigacha deb belgilangan.
Bundan avval Rossiya IIV rahbarining o‘rinbosari Igor Zubov bayonot berib, o‘z idorasi Rossiya fuqoroligini berish jarayonlari soddalashtirilishi ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi. Mahalliy OAVning ta’kidlashicha, “bu choralar birinchi navbatda Ukraina hududlaridan kelgan qochqinlarga nisbatan joriy qilinadi”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi