08:30 / 29.06.2018
4 008

Tramp va Putin 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashadi

Tramp va Putin 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashadi
AQSH va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin 16 iyul kuni Finlyandiya poytaxti Xelsinkida uchrashadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati rasman ma’lum qilgan.

“Erishilgan kelishuvga ko‘ra, 16 iyul kuni Xelsinkida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin hamda Amerika Qo‘shma shtatlari prezidenti Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi”, deyilgan xabarda.

Rasmiy Vashington ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, “muzokaralar chog‘ida Rossiya-Amerika munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi”.

Uchrashuv yakunida prezidentlar qo‘shma bayonot bilan chiqishi kutiladi.

Prezidentlar uchrashuvi arafasida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov hamda Mayk Pompeo o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 11-12 iyul kunlari Xelsinkida NATOning navbatdagi sammiti ham o‘tkaziladi.

Tramp va Putinning uchrashuvi bo‘yicha kelishuv 27 iyun kuni Moskvaga AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning tashrifi doirasida amalga oshirilgan.

Putin va Tramp bundan avval ikki marta uchrashishgandi (2017 yilgi sammitlarda), ammo ular hozirga qadar ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Putin 16 iyul kuni Xelsinkida uchrashadi