11:51 / 02.07.2018
3 641

O‘rta yer dengizida 3 kun ichida 200dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketdi

O‘rta yer dengizida 3 kun ichida 200dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketdi
3 kun ichida O‘rta yer dengizida Yevropaga yetib olish ilinjida bo‘lgan 200 dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lum qildi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Liviya sohillari yaqinida o‘lim darajasi keskin oshib ketgan.

“Kontrabandachilar O‘rta yer dengizini kechib o‘tish ortidan qat’iy nazorat kuchga kirishidan oldin qochqinlarning Yevropaga ketishga kuchli istagidan foydalanmoqda”, deb aytgan XMTning Liviyadagi rahbari Otman Balbaysiy.

29 iyunning o‘zida noqonuniy muhojirlar ketayotgan kemaning halokatga uchrashi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan. 29 iyundan 1 iyungacha Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Yevropaga qayiqlarda ketayotgan mingdan ko‘proq qochqinni ushlab, Liviyaga qaytargan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘rta yer dengizida 3 kun ichida 200dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketdi