11:33 / 06.07.2018
4 495

Uch oylik farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi

Uch oylik farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi
Foto:«RIA Novosti»
Ukrainaning Xerson viloyatida 3 oylik o‘g‘lini sotayotgan ona jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ayolning tanishi mijoz topishda unga ko‘maklashgan.

26 yoshli ayol bolani va uning hujjatlarini huquq-tartibot idoralariga topshirgan va bundan so‘ng bolasida hech qanday huquqi qolmagani to‘g‘risida tilxat yozib bergan.

Ayol bola evaziga 210 ming griven (62 674 500 so‘m) olayotgan paytda qo‘lga tushgan.

Bu ayol avval ham sudlangan, ayni paytda esa ijtimoiy hayotga moslashayotgan bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uy sotib olish uchun bolasini sotgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ukraina qonunlariga ko‘ra ayol 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uch oylik farzandini sotayotgan ona qo‘lga olindi