23:16 / 06.07.2018
8 799

Xalifa Usmon roziyallohu anhuning 1400 yillik xurmo bog‘i

Xalifa Usmon roziyallohu anhuning 1400 yillik xurmo bog‘i
Uchinchi roshid xalifa Usmon roziyallohu anhuning bugungi kungacha Madinada vaqflari bor. Ya’ni, Ruma degan quduq bilan katta xurmo bog‘lari bor. Xurmolar hojilarga tekin tarqatiladi.

Usmon roziyallohu anhu mazkur quduqni, aniqrog‘i ushbu quduqning yarmini madinalik bir yahudiydan sotib olgan. Taraflar tuzgan shartnomaga ko‘ra, ular quduqdan navbatma navbat, ya’ni bir kun unisi bir kun bunisi foydalanishga kelishib olishgan. Oradan biroz vaqt o‘tib quduqning ikkinchi egasi o‘zining ulushini Usmon roziyallohu anhuga sotishga to‘g‘ri keldi. Chunki odamlar Usmon roziyallohu anhuning navbati kelganda suv tekin tarqatilardi, sherigi esa sotardi. Odamlar esa, Usmonning roziyallohu anhu kuniga to‘g‘rilab suv uchun kelishardi, pullik bo‘lgan kuni esa hech kim kelmasdi.

Usmoniylar xalifaligi davrida sultonlarning biri quduqqa tegishli hududga 1500 dona xurmo ko‘chatini ektiradi. Bular ham Usmonning roziyallohu anhu vaqfiga aylandi. Xurmo savdosidan tushgan daromad esa, Masjidun nabaviy ehtiyojlari uchun sarf qilinadigan bo‘ldi.
Sharhpress.uz telegram kanalidan olindi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xalifa Usmon roziyallohu anhuning 1400 yillik xurmo bog‘i