19:35 / 08.07.2018
6 099

Tojikistonda Qirg‘iziston bilan chegarada “asirga tushgan” chegarachilar jazolandi

Tojikistonda Qirg‘iziston bilan chegarada “asirga tushgan” chegarachilar jazolandi
Tojikistonda chegarada bo‘lib o‘tgan majoroda nafaqat o‘zlarini himoya qila olmagan, balki qirg‘izistonlik hamkasblari tomonidan qurolsizlantirilgan va asirga olingan chegarachilar jazolandi. Bu haqda TR kuch ishlatish salohiyatiga ega tuzilmadagi manba ma’lum qildi.

Manbaning bayonot berishicha, tojik chegarachilari o‘zlarining ushlanishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak edi. Tojik harbiy xizmatchilariga qanday jazo berilgani aniq emas, biroq Harbiy prokuratura hodisani o‘rganishda davom etmoqda.

Manba “asirga tushgan” chegarchilarning ismi shariflari haqida ma’lumot bermadi, faqat ular birinchi yil xizmat qilayotganliklarini ta’kidlab o‘tdi. Bundan avval ular Tojikistonning So‘g‘d viloyati harbiy prokuraturasi tomonidan so‘roq qilingan edi.

4 iyun kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi Maqsat qishlog‘ida mahalliy aholi va chegarachilar ishtirokida majoro yuz berdi. QR Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqorolari “Futbol maydoni” uchastkasida mevalar bozorini tashkil qilishgan. Tojik chegarachilari ularni uchastkadan haydashgan, mahalliy axolining fikricha, chegarachilar Qirg‘iziston xududlarigacha kirib kelishgan. Hodisa joyiga Qirg‘iziston chegarachilari yetib kelganida ikki mamlakat harbiy xizmatchilari o‘rtasida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Natijada uch nafar tojik askari 4 ta Kalashnikov avtomati bilan ushlandi. Havoga qarata o‘q otildi. Oradan bir necha soat o‘tib harbiylar tojik tomoniga qaytarildi.

Tojikiston MXDQ Chegara qo‘shinlari rahbariyati 5 iyun kuni bayonot berib chegaradagi xotirjamlikni buzishda qirg‘iz tomoni, ya’ni ham mahalliy aholi, ham chegarachilar aybdor ekanini bildirdi. “Qirg‘iz tomoni tarqatgan videodan ham ko‘rish mumkinki, mahalliy aholi va Qirg‘iz Respublikasi chegarachilari bir necha bor o‘zlarining hatti harakatlari bilan tojik chegarachilarini keskin harakat qilishga majbur etganini ko‘rish mumkin. Ko‘rinib turganidek 2018 yilning 4 iyun kungi hodisa qirg‘iz tomonidan ataylab avvaldan rejalashtirilgan, havo birinchi bo‘lib QR chegarachilarri o‘q otgan”, — deyiladi tojik tomonning xabarida.

Shundan so‘ng ikki mamlakat chegarachilarining rahbarlari Tojikiston xududida uchrashdilar va chegarada bundan keyin bo‘lib o‘tishi ehtimoli bo‘lgan majorolarda qurol ishlatmaslikka kelishib oldilar.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda Qirg‘iziston bilan chegarada “asirga tushgan” chegarachilar jazolandi