Xitoyda odam savdogari 3 yoshli qizchani shirinlik bilan aldab o‘g‘irlab ketdi (video)

  • 11 iyul 2018, 06:30
  • 2 636
  • Dunyo
  • Xitoyda odam savdogari 3 yoshli qizchani shirinlik bilan aldab o‘g‘irlab ketdi (video)
    Xitoyning Ganchjou shahridagi kuzatuv kameralarida 3 yoshli qizchaning o‘g‘irlab ketilishi qayd qilindi. Mototsiklda ketayotgan noma’lum erkak qizchani shirinlik bilan aldab, o‘zi bilan olib ketgan.
    .
    Videoda qizcha noma’lum erkak bilan ketishga darrov rozi bo‘lmayotganini, biroq qarshilik ham ko‘rsatmayotganini ko‘rish mumkin.

    Qizchaning otasi jigarbandi yo‘qolganini aniqlagach, politsiyaga murojaat qilgan. Politsiyaga erkakni topish uchun 18 soatcha vaqt talab etilgan. Jinoyatchi ertasi kuni o‘z uyida qo‘lga olingan. Shu yerda qizcha ham topilgan, unga hech qanday jarohatlar yetkazilmagan.

    Jinoyatchining aytishicha, u qizchani o‘z qizi kabi ulg‘aytirmoqchi bo‘lgan. Politsiya esa erkakning gaplari yolg‘on ekanligi va aslida u qizchani sotib yubormoqchi bo‘lganiga ishonchi komil. Ushbu ish tergov qilinmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoyda odam savdogari 3 yoshli qizchani shirinlik bilan aldab o‘g‘irlab ketdi (video)