17:15 / 13.07.2018
5 422

Tramp bilan sudlashgan pornoaktrisa Stefani Klifford qo‘lga olindi

Tramp bilan sudlashgan pornoaktrisa Stefani Klifford qo‘lga olindi
Bu pornoaktrisa Amerikada Stormi Deniyels (Stormy Daniels) taxallusi bilan mashhur. Uni yaqinda Ogayo shtatiga qarashli Kolumbus shahridagi striptiz klubda qamoqqa olishdi. Aktrisani chiqishlar paytida tomoshabinlarga teginganlikda ayblashdi.

Politsiyachilarning aytishicha, ular aktrisa haqidagi shunday ma’lumotga ega bo‘lgach, detektivlar yordamida tekshiruv ishlarini o‘tkazishgan. Haqiqatan, pornoaktrisa dasturni ijro etish jarayonida to‘liq yechingan holda tomoshabinlarga tegajog‘lik qila boshlagan. Bu shtat qonunlariga umuman zid hisoblanadi.

Keyinchalik aktrisani 6054 dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborishdi. Advokati Maykl Avenattining gapiga qaraganda, aktrisa aybini tan olmagan.

Klifford xonim 2018 yil boshida mamlakat prezidenti Donald Tramp bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida xabar paydo bo‘lgach, juda mashhur bo‘lib ketdi. U esa Trampni oradagi munosabatlarni sir tuta olmaganlikda ayblab sudga shikoyat arizasi ham taqdim etgan. Donald Tramp sudda, shubhasiz, yutib chiqqan.

Endi boshqa ma’lumotlarga nazar tashlaymiz. Klifford va Tramp o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar 2006-2007 yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan. Prezidentlik saylovlari avj pallaga kirgan paytlar advokat Maykl Koen bu haqda birovga gullamasligi uchun aktrisaga 130 ming dollar pul bergan ekan. Ammo Oq uydagilar bu xabar bo‘htondan bo‘lak narsa emasligini ta’kidlashgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp bilan sudlashgan pornoaktrisa Stefani Klifford qo‘lga olindi