15:27 / 14.07.2018
5 703

Yosh jazmanning asrandisi… (yoxud rossiyalik deputatni nahs kasofati domiga tortdi)

Yosh jazmanning asrandisi… (yoxud rossiyalik deputatni nahs kasofati domiga tortdi)
Rossiyalik 49 yoshli deputat Sergey Jigaryov Qozon shahrilik 24 yashar model qiz Olya Sintyuryova bilan bir yil oldin tanishib qolgandi. Olya qomatda, husnda tengsiz qiz. Endi-endi model sifatida faoliyat boshlabdi. Qomati 84-60-90. Bu har qanday erkak havas qilsa arziydigan qomat.

Shuning uchunmi, Olga Sergeyning jigaridan urdi. Bir yil ichida uni qimmatbaho sovg‘a-salomlarga ko‘mib tashladi. Kurortlarga olib bordi. Afsuski, Olyaning sadoqati juda mo‘rt ekan. Yaqinda u o‘ziga boshqa bir yosh yigitni topib olibdi. O‘zining aytishicha, Sergeyning yoshi kattaligi ham, munosabati ham joniga tekkanmish.

Shubhasiz, bundan xabar topgan deputat bergan sovg‘alarini qaytarishni talab qila boshladi. Javobi esa juda shafqatsiz kechdi. Kunlarning birida ular deputatning mashinasida o‘tirib janjallashishayotgandi. Basavlat bir yigit yaqinlashib keldi-da, deputatni tashqariga sudraklab qoldi. Natija ma’lum. Bu yigit Olyaning yangi jazmani ekan. Deputatni o‘lasi qilib kaltakladi-yu, bu bilan ham to‘xtamadi. Olya ikkovlari Sergeyning uyidan 20 million rubl, 35 ming dollar naqd pulni o‘marib qochishdi.

Ammo deputat, baribir deputat-da! Kuzatuv kameralari o‘g‘ri, bosqinchilarni tutib berdi. Ayni paytda Olya ham, yangi jazmani ham qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Qarang, shunda ham Olya tavbasiga tayanmabdi. U «qari» erkakning suyuklisi bo‘lgandan, yosh yigitning asrandisi bo‘lish ma’qulligini takrorlab charchamayapti ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yosh jazmanning asrandisi… (yoxud rossiyalik deputatni nahs kasofati domiga tortdi)