21:27 / 15.07.2018
7 053

Xitoy: Uyg‘urlar pasportlarini “saqlash uchun” majburan politsiyaga topshirishmoqda

Xitoy: Uyg‘urlar pasportlarini “saqlash uchun” majburan politsiyaga topshirishmoqda
Etnik uyg‘urlar – turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan uyg‘ur tilda so‘zlashadigan va islom diniga e’tiqod qiladigan xalq. Ular Xitoyda uzoq yillardan buyon, asosan diniy e’tiqod masalasida cheklashlarga uchrab, katta bosim ostida yashamoqdalar. 2016 yilning kuzida hukumat uyg‘urlarning harakatlanishini cheklovchi qoidalarni joriy qildi. Joriy qilingan huquqiy qoidalarga asosan Shinjon aholisi pasportlarini “saqlash uchun” politsiyaga topshirishga majburdirlar.

VVS ning xabar berishicha endi, Shinjon aholisi safar qilmoqchi bo‘lsa o‘z pasportlarini olish uchun ruxsat so‘rab tegishli organlarga murojaat qilishlari talab etiladi. Ayrim hollarda pasportlarini olish uchun murojaat qilgan uyg‘urlarga rad javoblari berilmoqda

Bugungi kunga kelib, Shinjon aholisining 45% (8 345 622 – 2000 yilgi xolatiga ko‘ra)ni tashkil qilgan (1950 yillarda 85%ni tashkil qilgan) uyg‘urlar boshqa, qiyinlashtirilgan bosqichlardan o‘tishga majburlanmoqdalar. Masalan, 2017 yilning iyun oyida Shinjon avtonom rayoni ma’muriy hududi aholisi safar hujjatlarini rasmiylashtirishda, politsiya DNK namunalarini topshirishga buyruq bergan. Shuningdek, yuqorida nomi keltirilgan hudud aholisidan qon namunalarini, barmoq izlarini olgan, ovozlari yozib olingan hamda 3D suratlari tayyorlangan.

Xitoy hukumati Shinjon aholisining pasportlarini topshirishga majburlashi ortida uyg‘ur ozodlik jangchilarining harakatlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishni maqsad qilmoqda. Tasdiqlanmagan habarlarga ko‘ra oxirgi yillarda Shinjonda va Xitoyning boshqa hududlarida tajovuzlar amalga oshirgan "jangarilar" Pokistonda va Markaziy Osiyo davlatlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan.

Xitoy hududidagi oxirgi yirik tajovuz 2015 yilning sentyabr oyida amalga oshirildi va unda erkaklar guruhi pichoqlar bilan dam olayotgan ko‘mir koni ishchilariga tashlanishgan va bu insidentda 45 ta ishchi va 5 ta politsiyachi halok bo‘lgan. 2014 yilda bunday harakatlarning bir nechtasi sodir etildi shulardan biri 39 insonning umriga zomin bo‘lgan Urumchidagi portlashni misol keltirish mumkin.

2017 yilning avgustida Bishkekdagi Xitoy elchixonasi oldida portlash sodir etildi. Bu harakatlarni uyg‘ur "jangarilari" sodir etganligi aytilmoqda, lekin rasmiy tergov jarayonlari hali davom etmoqda.

Xitoy hukumati yuqoridagi va boshqa jinoiy harakatlarni amalga oshirishda “islom jangarilari va separatist”larini ayblamoqdalar. Mansabdor shaxslarning ta’kidlashicha ular Sharqiy Turkiston yoki Uyg‘uriston nomli mustaqil davlatni tashkil qilishmoqchi.

Sharqiy-Turkiston respublikasi bundan oldin ikki marta 1931-1934 yillar va 1944-1949 yillarda mavjud bo‘lgan. Lekin, Mao Szedun Xitoy ozodlik armiyasi boshchiligida Shinjonni bo‘ysundirgan. 1955 yilda Shinjon hududidagi turkiy tilli xalqlarning maqomini belgilash uchun ayrim imtiyozlar bilan bu hududga avtonom rayon statusi berilgan.

Uyg‘ur millatchilari Pekin siyosati Shinjonga nisbatan munosabati diskriminatsion ekanligini va bu harakatlar ularning milliy o‘ziga xosligining tabiiy mavjud bo‘lishiga xavf solayotganligini isbotlashga harakat qiladilar. Oldinlari xanlar Shinjonda kamchilikni tashkil qilgan, Mao Szedun hokimiyat tepasiga kelgan davrlarda musulmon-uyg‘urlar aholining 85% ni tashkil qilgan. Bugungi kunda esa uyg‘urlar aholining 45% ni tashkil qilmoqda. Uyg‘urlar bu hududlarga oqib kelayotgan xanlarni “noqonuniy iqtisodiy migrantlar” deb ataydilar.

Xitoy rahbari xanlarning Shinjonga ko‘chib o‘tishi va uyg‘urlarni Xitoyning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishini aktiv qo‘llab quvvatlamoqda.

Diskriminatsiya, til va diniy cheklovlar, shuningdek iqtisodiy marginallashtirish uyg‘urlarga Xitoyning to‘laqonli fuqarosi bo‘lish imkoniyatini bermayapti. Yaqinda studentlarga Ramazon oyida ro‘za tutishni, bolalarning diniy ta’lim olishini va uyg‘ur tilida ta’lim olishini ta’qiqlab qo‘ydilar. Bundan tashqari, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan qadimgi Qashg‘ardagi tarixiy ahamiyatga ega ob’ektlar va hududlarni yangi zamonaviy inshootlar qurish vaji bilan buzib tashlangan, bu esa uyg‘urlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ayrim huquqni muhofaza qiluvchi mutaxassislarning fikricha bunday siyosat ayrim uyg‘urlarning radikallashuviga olib kelmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatga juda ko‘p faktorlarning ta’siri bor, lekin uyg‘urlarning harakatlanish huquqlarining cheklanishi ularning hukumatdan noroziligini kuchaytiradi. Shu bilan birga amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar uyg‘ur "jangarilari" faoliyatini to‘xtatishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Shinjonda barqarorlikni ta’minlash uchun mahalliy aholining noroziligini vujudga keltirayotgan sabablarni bartaraf etish talab etiladi.

Geri Sends – Wikistrat kraudsorsing konsalting kompaniyasining analitigi va siyosiy risklarni baholashga asoslangan Highway West Capital Advisors, konsalting firmasining direktori.
Hamid SODIQ tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy: Uyg‘urlar pasportlarini “saqlash uchun” majburan politsiyaga topshirishmoqda