07:31 / 16.07.2018
7 470

Soqol ham ketdi, ish ham topilmadi

Soqol ham ketdi, ish ham topilmadi
Shayxulislom, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Menga qarashli bir ulug‘ Zot bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Juda ibratli voqeadir.

U kishining bir do‘stlari Londonda edi va ish qidirayotgan edi. Ish uchun bir joyga suhbatdan o‘tishga bordi. U paytda uning yuzida soqoli bor edi. Suhbat olayotgan shaxs: Bu yerda soqol bilan ishlash qiyindir. Shuning uchun soqolni olib tashlash kerak bo‘ladi dedi.

Endi, u “men soqolimni olayinmi yoki olmayinmi?” deya juda qattiq o‘yga tushdi. O‘sha payt u ortiga qaytib ketdi va ikki uch kungacha boshqa joylarda ish qidirib yuraverdi va muammoga mubtalo bo‘laverdi. Boshqa ish topilmayotgan edi. Ishsiz va parishon ham edi. Oxiri, mayli, ish topilishi uchun soqolimni olib tashlay qolsinlar degan qarorga keldi. Chunonchi, soqolini oldirib tashladi va ayni o‘sha joyga ish uchun yetib bordi.

U yerga yetib borganida, o‘sha suhbat qurgan kishi: Nega keldingiz? dedi. U: Siz soqolingizni oldirib tashlasangiz, sizga ish topiladi degan edingiz. Shunga soqolimni oldirib keldim deya javob berdi. U kishi: “Siz musulmonmisiz?” deb so‘radi. U: “Ha,” dedi. U kishi yana: “Siz bu soqolni zarur deb bilardingizmi yoki zarur emas deb bilarmidingiz?” deb so‘radi. U: “Men uni zarur deb bilar edim va aynan shuning uchun qo‘ygan edim”, deb javob berdi. U kishi: “Siz buni Allohning hukmi ekanini bilar edingiz va Allohning hukmi sababli qo‘ygan edingiz. Endi, faqat men aytganim sababli Allohning hukmini tark etdingiz. Bu degani shuki, siz Allohga vafodor emassiz va o‘z Allohiga vafodor bo‘lmagan kimsa, o‘z boshlig‘iga ham vafodor bo‘la olmaydi. Shunga ko‘ra, endi, biz sizni ishga olishdan ojizmiz”, dedi.

Dunyo va oxiratda ziyon ko‘rdi. “Soqol ham ketdi, ish ham topilmadi”.

Faqat soqol emas, balki kim Alloh taoloning qancha ahkomlari bo‘lsa, odamlar mazax qiladilar deb o‘ylab, ularni tark qilsa, u holda bu dunyo va oxirat ikkisining barbodiga sabab bo‘ladi.
Abdulqayyum KOMIL tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Soqol ham ketdi, ish ham topilmadi