23:12 / 16.07.2018
4 575

Putin va Trampning yakkama-yakka suhbati rejadagidan uzoqroq davom etdi

Putin va Trampning yakkama-yakka suhbati rejadagidan uzoqroq davom etdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp rejalashtirilgan bir yarim soat o‘rniga ikki soatu o‘n daqiqa yuzma-yuz suhbatlashishdi.

Donald Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuvni sammitning «juda yaxshi boshlanishi» deb atadi, deb yozadi Kun nashri.

Prezidentlar so‘ngra kengaytirilgan tarkibda muloqotni davom ettirdi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahridagi prezident saroyida bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari uch soatga yaqin davom etishi xabar qilingandi. Muzokaralarda Suriya va Ukraina, qurolsizlanish hamda 2016 yildagi AQSh prezidentligi saylovlariga Rossiyaning ehtimoliy aralashuvi muhokama qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Trampning yakkama-yakka suhbati rejadagidan uzoqroq davom etdi