09:53 / 17.07.2018
6 341

Ufologlar: Arktika va Antarktikada o‘zga sayyoraliklar bazasi bor…

Ufologlar: Arktika va Antarktikada o‘zga sayyoraliklar bazasi bor…
Yaqinda bir guruh hindistonlik ufolog olimlar Arktika va Antarktikada o‘zga sayyoraliklarni qidirib topishga yo‘naltirilgan izlanishlarni olib borishdi. Hisobotda esa ular muzliklar joylashgan hududda o‘zga sayyoraliklar bazasi topilganini bayon qilishdi. Ularning hisobotida aytiladiki, Arktika hamda Antarktika hanuz mutaxassislar tarafidan to‘liq o‘rganilmagan hudud sifatida qolmoqda.

Vaholanki, hozir bu hududlarda tirik jonni o‘limga mahkum etuvchi dengiz o‘simliklari paydo bo‘lgan. Bunday o‘simliklar yer sayyorasining boshqa hududida umuman kuzatilmagan. Zaharli dengiz o‘tlarini o‘zga sayyoraliklar keltirganligiga shubha yo‘q. Yana ikkinchi isbot sifatida Kanada hududidagi Arktika muzliklarida paydo bo‘lgan katta tuynuklarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

— O‘zga sayyoraliklar ham zaharlab o‘ldirish, ham iqlimning ommaviy isishini keltirib chiqarish yo‘li bilan biz yerliklardan xalos bo‘lishni xohlashadi. — dedi ufologlardan biri.

Albatta bu olimlarning fikri va kuzatishlari. Ular ham hali o‘zga sayyoralikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan. Demak, unday mavjudotlar borligi faqat Allohgagina ayon.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ufologlar: Arktika va Antarktikada o‘zga sayyoraliklar bazasi bor…