19:20 / 17.07.2018
3 558

«Terminator» Trampga qarshi: «Siz vatanni sotdingiz» (video)

«Terminator» Trampga qarshi: «Siz vatanni sotdingiz» (video)
Sobiq siyosatchi, 2003-2011 yillarda AQShning Kaliforniya shtati gubernatori bo‘lgan Arnold Shvarsenegger 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Donald Tramp hamda Vladimir Putin ishtirokidagi uchrashuv haqida munosabat bildirar ekan AQSh rahbarini keskin tanqid qilgan videomurojaatni e’lon qildi.

«Janob Tramp, hozirgina sizning ishtirokingizdagi matbuot anjumanini ko‘rdim. Siz u yerda «ammamning buzog‘i»ga o‘xshab turdingiz va o‘zingizni xuddi Putinning fanatidek tutdingiz. Putindan dastxat so‘ramasaydingiz yoki u bilan selfiga tushmasaydingiz, deb qo‘rqib turdim.

Bu anjumanda siz bizning razvedkamizni, huquq tizimimizni sotdingiz. Eng dahshatlisi, siz vatanimizni sotdingiz. Sizga nima bo‘ldi? Ronald Reygan Berlin devori oldida turib: «Janob, Gorbachev, bu devorni buzib tashlang», degandi. O‘sha buyuk so‘zlardan nima qoldi axir?»,- deyiladi murojaatda.

Avvalroq Shvarsenegger Putin bilan uchrashuvda Trampni «qaynatilgan makaron»ga o‘xshatgandi.

Tramp Xelsinkida o‘tgan Putin bilan uchrashuvdan keyin keskin tanqidlar ostida qolib ketdi. Amerikaliklar Rossiyani o‘zlariga raqobatchi yoki ittifoqchi emas, dushman sifatida bilishadi. Trampning ruslarga, xususan Putinga nisbatan yumshoq munosabati esa AQSh fuqarolarining g‘azabini keltirmoqda. AQSh matbuoti ko‘plab amaldagi va sobiq siyosatchilarning Trampni tanqid qilgan chiqishlarini e’lon qilishdan to‘xtamayapti.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Terminator» Trampga qarshi: «Siz vatanni sotdingiz» (video)