22:30 / 17.07.2018
4 400

Tramp: "Putin bilan uchrashuvim NATO sammitidan ko‘ra yaxshiroq bo‘ldi"

Трамп: "Путин билан учрашувим НАТО саммитидан кўра яхшироқ бўлди"
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida ajoyib muzokaralar bo‘lganini, ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi undan ham yaxshiroq bo‘lganini bildirdi.

«NATO bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazib katta pul to‘plagan chog‘imda Vladimir Putin bilan undan-da yaxshiroq uchrashuv o‘tkazdim. Shunisi qayg‘uliki, bu haqda shunday deb yoza olishmaydi — fake news aqldan ozmoqda», — deb yozdi Tramp Twitter’da.

Avvalroq Tramp NATO yana kuchayayotganini e’tirof etgandi.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni Xelsinkida Rossiya va AQSh yetakchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Amerika prezidentining qayd etishicha, uchrashuv yakunlariga ko‘ra yaxshi xulosaga kelindi.

Amerika jamoatchiligi prezident bu uchrashuvda ishonchlarni oqlamaganidan norozi bo‘lmoqda.

Jurnalistlar Amerika yetakchisini Putin qarshisida ojiz qolganlikda ayblashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "Putin bilan uchrashuvim NATO sammitidan ko‘ra yaxshiroq bo‘ldi"