18:03 / 18.07.2018
9 943

Malayziyada yetti metrlik ilon itni yutdi-yu, baloga qoldi…

Malayziyada yetti metrlik ilon itni yutdi-yu, baloga qoldi…
Kuni kecha Malayziyaagi Jemaluang tuman politsiyasiga fermalarning birida ulkan ilon butun boshli itni yutib yuborgani haqida xabar qilishgandi. Aytilgan yerga ikki politsiyachi hamda olti nafar fuqaro mudofaasi tashkiloti xodimi qo‘llarida ilon ovlash uchun ishlatiladigan qurol bilan yetib borishdi.

Haqiqatan, ferma ichkarisida yetti metrli ilon uzala tushib yotardi. Kattakon itni tiriklay yutib yuborgach, hatto nafas olishga-da, qiynalgani bois odamlarga hujum qila olmadi. Uni tutun yordamida tashqariga haydab chiqarishdi va tutishdi. Qafasga joylashdan oldin ilonning vaznini o‘lchashdi. Roppa-rosa 100 kilo chiqdi. Agar itning vaznini chiqarib tashlansa, kamida yetmish besh kilo vaznga ega bo‘ladi.

O‘tgan yili Indoneziyada sakkiz metrli ilonni tutishgan. Ilonning qornini yorib, ichidan o‘rta yashar ayol jasadini tortib olishgan. Aytishlaricha, ayol o‘sha kuni makkajo‘xori ekilgan maydonga yo‘l olgan-u, uyiga qaytmagan. Uni ilon tiriklay yutib yuborgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyada yetti metrlik ilon itni yutdi-yu, baloga qoldi…