17 iyul kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida mamlakatning birinchi vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do‘stumni qo‘llab-quvvatlovchilar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyish qatnashchilari uning mamlakatga qaytarilishini talab qilishdi, deb xabar berdi «Afganistan.ru» portaliga tayanib Kun.uz nashri.
Shu bilan birga faollar Faryob viloyati tumanlaridan birining politsiya boshlig‘i va Do‘stumning yaqin kishisi Nizomuddin Qaysariyni hibsdan ozod qilishga chaqirishdi. Qaysariy bundan ikki hafta muqaddam hibsga olingan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, unga nisbatan 20ta ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo politsiya boshlig‘ining partiyadoshlari uning hibsga olinishini Do‘stumga nisbatan siyosiy bosim sifatida baholashmoqda.
Namoyishchilar hukumatning me’yorida faoliyat olib borishi va parlament saylovlari o‘tkazish uchun birinchi vitse-prezidentning mamlakatda bo‘lishi zarur ekanligini ta’kidlashdi.
Norozilik namoyishi qatnashchilari Kobulni agar talablari bajarilmasa namoyishlar mamlakatning boshqa hududlarida ham davom etishi, bundan tashqari, oktyabrga belgilangan ovoz berish jarayonlariga qarshilik qilinishi haqida ogohlantirishgan.
«Biz o‘zimizning mustaqil hukumatimizni e’lon qilamiz va boshqa viloyatlarda ham noroziliklar boshlanadi», – degan general Do‘stumning qaytishi tarafdorlaridan biri matbuot vakillari bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Do‘stumni qo‘llab-quvvatlayotgan faollar Faryob saylov qo‘mitasi vakolatxonasini o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur qilishgan va saylov qog‘ozlarini yo‘q qilishgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi