AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinga kuzda Vashingtonga tashrif buyurishni taklif qildi, deb xabar qildi AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders.
«Prezident Xelsinkidagi uchrashuvda ikki mamlakat xavfsizlik kengashlari xodimlari darajasida muloqotni davom ettirishga rozi bo‘ldi. Prezident Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jon Boltondan prezident Putinni kuzda Vashingtonga tashrif buyurishga taklif etishni so‘radi. Bu masala muhokama qilinmoqda», — deb yozdi Sanders Twitter’da.
Tramp ikkinchi uchrashuvda terrorizmga qarshi kurash, Isroil xavfsizligi masalasi, yadro qurolini tarqatmaslik, kiberhujumlar, iqtisodiy hamkorlik, Ukraina, Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish, Shimoliy Koreya va boshqa mavzularni muhokama qilish niyatida.
Putin va Trampning to‘liq shakldagi ilk uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar deyarli to‘rt soat davom etdi. Amerika prezidentining qayd etishicha, uchrashuv yakunlariga ko‘ra yaxshi xulosaga kelindi.
Xelsinkidagi uchrashuvdan oldin Bolton Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan va muzokaralardan so‘ng Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuv joyi va vaqti belgilangandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi