08:01 / 21.07.2018
5 957

Jeki Channing Bryus Li haqidagi xotiralari (video)

Jeki Channing Bryus Li haqidagi xotiralari (video)
“Ajdahoning chiqishi” filmidan skrinshot
Bryus Li (bolaligida — Li Syaolun, ulg‘ayganida — Li Chjenfan) aktyor, rejissyor va jangovor sport ustasi bo‘lish bilan birga, bolaligida raqs bilan ham jiddiy shug‘ullangan. Yana shoir, faylasuf...

“O‘zimni o‘zim nazorat qilish uchun, avvalo, o‘zimni o‘zim qabul qilishim kerak. O‘z tabiatimga qarshi emas, aksincha, u bilan hamohang harakat qilishim lozim”.
Bryus Li

Bryus Li o‘tgan asr 50-yillari o‘rtalaridan kung-fu bilan shug‘ullana boshlagan. Birinchi ustozi Ip Mandan Vin-Chun uslubida jang san’atini o‘rgangan.

U 1959 yili Honkongni tark etib, Amerikaga yo‘l oldi. San-Fransiskoda, keyin Sietlda qo‘nim topdi.

O‘zi yaratgan kung-fu — Jit Kun-Do (“Mushtdan oldin harakat”) uslubida dars bera boshladi.

Uch oyligida kinoga tushgan Bryus Li yulduzga aylanishi uchun 25 yil kerak bo‘ldi.

Turli sohalarda o‘zini sinab ko‘rgan Bryus Li sharq jang san’atini kinoga olib kirib yulduzga aylandi, uni Hollivudga taklif etishdi. “Katta boss”, “Shiddatli musht”, “Ajdahoning chiqishi”, “Ajdaho yo‘li”, “Ajdaho bilan olishuv” filmlarida suratga tushdi. O‘zi ham Honkongda “Konkord” kinostudiyasini ochib, “O‘lim bilan o‘ynashish” filmi ustida ish boshladi.

Bryus Li 1973 yilning 20 iyul kuni Honkongda “O‘lim bilan o‘ynashish” filmini suratga olish ketayotgan bir paytda to‘satdan vafot etdi. Bu qayg‘uli xabar millionlab muxlislar qalbini larzaga keltirdi. Uning o‘limi sabablari haqida turli taxminlar bildirildi, afsonalar to‘qildi. Ammo aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. U tirikligida afsona edi, o‘limi ham sirli bo‘lib qoldi. Xuddi Aleksandr Makedonskiy singari 32 yoshida olamdan o‘tdi. Agar hayot bo‘lganida Bryus Li bu yil 78 yoshga to‘lgan bo‘lardi.

Keyinchalik katta ekranlarni zabt etib, yulduzga aylangan Jeki Chan nafaqat Bryus Li bilan shaxsan tanishish baxtiga muyassar bo‘lgan, balki uning zarbasini ham totib ko‘rgan. Quyidagi lavhada Jeki Chan o‘sha davrni eslaydi.


Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jeki Channing Bryus Li haqidagi xotiralari (video)